MALAYZIYADA DINIY-DUNYOVIY MUVOZANATNI SAQLASHDA DAVLATNING O'RNI
Creators
- 1. International islamic academy of Uzbekistan, doctor of philosophy PhD, acting associate professor of the department «UNESCO Chair in the Comparative Study of World Religions and Religious Studies»
Description
XX asr boshida xalqaro munosabatlarda dinning o'rni iqtisod va siyosatdek muhim hisoblanmagan bo'lsa-da, dunyoda yuzaga kelayotgan nizo va kelishmovchiliklar jahon hamjamiyatiga diniy omilning muhim ekani, bu omil chegara bilmasligi, muayyan davlat hududida qolmasligini takror eslatmoqda. Dinga bo'lgan munosabat XXI asrga kelib tubdan o'zgardi. Dinga shaxs va jamiyat o'rtasidagi bog'lovchi, jahon hamjamiyatining siyosiy tizimida kelishuvga erishishdagi muhim omil sifatida qarala boshlandi. Maqolada ko'rib chiqilgan Malayziyada diniy va dunyoviy muvozanatni saqlashda davlatning o'rni masalasi alohida ahamiyatga ega. Mintaqalarda din niqobidagi tahdidlar, dinlararo va millatlararo murosasizlik avj olayotgan bir davrda, Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi musulmon mamlakat sifatida hududida turli din va millat vakillari uchun tinchlik sharoitini yaratib berayotgani nizoli hududlar uchun namuna sifatida keltirish muhim. Maqolada Malayziyada davlat va din munosabatlarini ta'minlashdagi tajribalari tahlil etilgan.
Publication Details
Journal article
Journal:
The Maturidiyya
Publisher:
International Islamic Academy of Uzbekistan
ISSN:
21811881
Volume:
4
Pages:
70-77
Persistent Identifiers
DOI
10.47980/moturidiy/2024-2/9
Read more